Sport
Norvegiyalik Klebo oltin medallar soni bo‘yicha qishki Olimpiada rekordini takrorladi
Mashhur chang‘ichi sakkiz karra Olimpiada chempioni bo‘ldi.
Chang‘ichi Yohannes Klebo Italiyaning Milan va Kortina d’Ampetsso shaharlarida o‘tkazilayotgan qishki Olimpiada o‘yinlarida 10 km masofaga alohida startda g‘alaba qozonib, uchinchi oltin medalni qo‘lga kiritdi. Natijada norvegiyalik sakkiz karra Olimpiada chempioni bo‘ldi.
Klebo masofani 20 daqiqa 36,2 soniyada bosib o‘tdi. Ikkinchi o‘rinni 4,9 soniya ortda qolgan fransiyalik Matis Delej egalladi. Bronza medalini norvegiyalik Eynar Xedegart (+14,0) qo‘lga kiritdi.
Avvalroq Italiyadagi o‘yinlarda 29 yoshli Klebo skiatlon va sprintda g‘olib bo‘lgan edi. Hammasi bo‘lib norvegiyalik Olimpiadalarda sakkizta oltin medalni qo‘lga kiritdi. U eng yuqori darajadagi mukofotlar soni bo‘yicha qishki o‘yinlar rekordini takrorlab, vatandoshlari – biatlonchi Ule-Eynar Byorndalen va chang‘ichilar Byorn Deli va Marit Byorgen bilan tenglashdi.