Sport

Norvegiyalik chang‘ichi oltin medal olish bo‘yicha qishki Olimpiada rekordini o‘rnatdi

Published

on


Yoxannes Klebo to‘qqiz karra chempion va qishki Olimpiada o‘yinlari tarixida eng ko‘p oltin medalni qo‘lga kiritgan sportchiga aylandi. U 2018 yilgi Pxyonchxan va 2022 yilgi Pekin Olimpiadalarida ham oltin medallarga sazovor bo‘lgan.

Norvegiyalik chang‘ichi Yoxannes Klebo Italiyada bo‘lib o‘tayotgan qishki Olimpiada o‘yinlarida erkaklar estafetasida g‘alaba qozonib, faoliyatidagi to‘qqizinchi oltin medalni qo‘lga kiritdi. 

29 yoshli Klebo uchun bu Milan-Kortina Olimpiadasida erishgan to‘rtinchi oltin medaldir. Avvalroq u erkaklar klassik sprinti, 10 kilometr masofaga poyga va skiatlonda oltin medallarga sazovor bo‘lgandi.  

Norvegiyalik sportchi to‘qqiz karra chempion va qishki Olimpiada o‘yinlari tarixida eng ko‘p oltin medalni qo‘lga kiritgan sportchiga aylandi. U 2018 yilgi Pxyonchxan va 2022 yilgi Pekin Olimpiadalarida ham oltin medallarga sazovor bo‘lgan.

Olimpiada o‘yinlarida (qishki va yozgi) oltin medal olish bo‘yicha mutlaq rekordchi 23 marta g‘alaba qozongan amerikalik suzuvchi Maykl Felps hisoblanadi. 



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version