Sport
Norvegiyadan 11:1, Fransiya va Portugaliyada kambek. Kun o‘yinlari
Holand penta-trikka erishdi, Ronaldu navbatdagi golini urdi va rekord o‘rnatdi, Angliya safarda asosiy raqibini ayamadi. JCh-2026 saralashi doirasida Yevropada seshanba oqshomida o‘tkazilgan o‘yinlar va guruhlardagi vaziyat.
I guruhi
Moldova uchun dahshatli kecha
Norvegiya – Moldova 11:1
Gollar: Myure 6, Holand (11, 36, 43, 52, 83), Edegor (45+1), Osgor (67, 76, 78 penalti, 90) – Estigor (74 avtogol).
Norvegiya: Nyulann, Heggem, Volfe, Ayyer (Estigor 73), Berge, Edegor, Myure (Osgor, 64), Ryuerson, Nusa (Shelderup 73), Syorlot (Bobb 64), Holand (Heggebe 90+2)
Moldova: Avram, Baboglo, Krechun, Pletike, Ryabchuk, Motspan (Kojokaru, 61), Ratse (Bogachuk, 80), Ionitse (Dumbravanu, 46), Kaymakov (Dros, 88), Nikolaesku, Postolaki (Bodishtyanu, 46)
Ogohlantirish: Kaymakov, 58
Jyennaro Gattuzo boshqaruvidagi Italiya ikkinchi o‘rin uchun Isroil bilan kurash olib borayotgan mahalda, Norvegiya o‘z orzusi tomon shaxdam qadam tashlamoqda. Skandinavlarning navbatdagi qurboni bebaxt moldovanlar bo‘lishdi. O‘z-o‘zidan asosiy diqqat markazida Erling Holand bo‘ldi. «Manchester Siti» shu kuni istaganicha ko‘ngilxushlik qildi, avvaliga Feliks Xorn Myureni bo‘sh darvoza qarshisiga chiqardi, keyin Edegor yordamida birinchi bo‘limning o‘zida uchta gol urdi, tanaffusdan keyin esa penta-trikni nishonladi. Uning terma jamoada urgan gollari soni o‘tkazgan o‘yinlari sonidan oshib ketdi – 45 o‘yinda 48 gol.
Shu kuni u yanada ko‘proq gol urishi mumkin edi, ammo penalti tepish huquqini zaxiradan maydonga tushgan yarimhimoyachi Osgorga qoldirdi, ushbu futbolchi esa 24 daqiqa ichida poker muallifiga aylandi. Shu kuni moldovanlar birorta ham gol urishmadi, ular uchun ham mezbonlar himoyachisi Estigor urib berdi. Yakunda 11:1 hisobi qayd etildi, bu qandaydir syurrealizm. Norvegiya 5 o‘yinda 5 g‘alaba bilan guruh jadvalini boshqarishda davom etmoqda (to‘plar nisbati 24-3).
11 oktyabr. Norvegiya — Isroil, Estoniya — Italiya.
14 oktyabr. Estoniya — Moldova, Italiya — Isroil.
K guruhi
Angliya serblar mudofaasini yanchib tashladi
Serbiya – Angliya 0:5
Gollar: Keyn (33), Madueke (35), Konsa (52), Gehi (75), Reshford (90 penalti)
Serbiya: Petrovich, Milenkovich, Pavlovich, Erakovich, Maksimovich, Lukich, Jivkovich (Velkovich, 76), Ilich (Samardjich, 61), Birmanchevich (Kostich, 46), Nedelkovich (Yovich, 46), Vlahovich (Mitrovich, 70)
Angliya: Pikford, Konsa, Gehi, Livramento, Jyeyms (Spens, 68), Rays (Henderson, 81), Anderson, Rodjyers, Gordon (Reshford, 68), Madueke (Uotkins, 76), Keyn (Bouen, 76)
Ogohlantirishlar: Lukich, 29 – Gordon, 40
Chetlatish: Milenkovich, 72
Angliya terma jamoasi hozircha Tomas Tuxel boshqaruvida saralash bosqichini ideal o‘tkazmoqda – besh o‘yinda besh g‘alaba. Bu safar guruhdagi eng yaqin ta’qibchi serblar safarda tor-mor etildi. Burchak zarbasi ijro etilganida Harri Keyn qo‘riqlanmadi – birinchi gol qabul qilib olindi. Tezkor Noni Madueke qo‘yib yuborildi – ikkinchi to‘p darvozadan olib chiqildi. Inglizlar bir necha daqiqa ichida o‘yinni hal qilishdi.
Ikkinchi bo‘lim boshida Ezri Konsa mezbonlarni uzil-kesil taslim etdi, Gordonning olis masofadan yo‘llagan zarbasidan keyin mehmonlarning birdaniga bir necha futbolchisida to‘pni darvozaga kiritib yuborish imkoniyati yuzaga keldi va markaziy himoyachi barchadan ildamroq harakat qildi. U ham xuddi Madueke kabi milliy jamoadagi ilk golini nishonladi, keyin esa ularga yana bir himoyachi Gehi qo‘shildi. Bu orada Nikola Milenkovich Keynga ishlatgan qo‘polligi uchun maydondan chetlatildi. Yakuniy hisobni o‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda penaltini aniq ijro etgan Markus Reshford o‘rnatdi – 0:5. Angliya bu siklda darvozasi daxlsizligini saqlab qolishda davom etmoqda (to‘plar nisbati 13:0), Dragan Stoykovich shogirdlari esa ikkinchi o‘rinni ham Albaniyaga boy berib qo‘ydi.
Albaniya – Latviya 1:0
Gollar: Aslani (25 penalti)
Albaniya: Strakosha, Ayyeti, Jimsiti, Mitay, Hyusay, Shehu, Aslani, Lyachi (Payaziti, 83), Bayrami (Xo‘ja, 67), Broyya (Kumbulla, 90+1), Manay (Daku, 83)
Latviya: Zviyedris, Balodis, Chernomordiy, Melnik (Savalniyeks, 46), Tsiganik, Yurkovskis (Regja, 88), Vapne (Savelev, 61), Zelenkov, Varslavans, Dashkevich (Gutkovskiy, 61), Shits (Melnis, 78)
Ogohlantirishlar: Shits, 15. Yurkovskis, 27. Chernomordiy, 55
Kunning eng zerikarli o‘yini albanlar g‘alabasi bilan yakunlandi. O‘yindagi yagona gol Italiya A Seriyasida o‘ynayotgan Kristyan Aslani tomonidan urildi. U birinchi bo‘lim o‘rtalarida penaltini aniq ijro etdi va bu g‘alaba uchun yetarli bo‘ldi. Albaniya guruhda ikkinchi o‘rinda. Hozircha Serbiyadan yuqorida, ammo serblar bitta kamroq o‘yin o‘tkazishgan.
11 oktyabr. Latviya — Andorra, Serbiya — Albaniya.
14 oktyabr. Latviya — Angliya, Andorra — Serbiya.
F guruhi
Budapeshtdagi triller
Vengriya – Portugaliya 2:3
Gollar: Varga, 21 (1:0). Bernardu Silva, 36 (1:1). Krishtianu Ronaldu, 58 – penalti (1:2). Varga, 84 (2:2). Joau Kanselu, 86 (2:3)
Vengriya: B. Tot, Salai, Orban, Kerkez (Dardai, 90), Nego, Stayls (Vitalish, 81), Soboslai, A. Tot (Etvesh, 60), Nad (Lukach, 60), Bolla (Gruber, 90), Varga
Portugaliya: Koshta, Ruben Diash, Joau Kanselu, Nunu Mendesh, Joau Nevesh (Palinya, 79), Ruben Nevesh, Vitinya (Silva, 87), Brunu Fernandesh (Trinkan, 66), Bernardu Silva, Pedru Netu (Joau Feliks, 79), Krishtianu Ronaldu (Ramush, 87)
Ogohlantirishlar: Varga, 57 – Bernardu Silva, 77. Palinya, 90
Budapeshtdagi o‘yindan oldin ijtimoiy tarmoqlarda 2009 yilda olingan foto virusdek tarqaldi, Vengriya va Portugaliyaning JCh-2010 saralashi doirasidagi o‘zaro o‘yinida futbolchilarga hamrohlik qilib maydonga chiqqan bolalar aks etgan suratda ulardan biri Soboslai ekani ma’lum bo‘lgandi.
O‘shanda, tabiiyki, Krishtianu Ronaldu ham tarkibda bo‘lgan, uning Andre Silvaga pasi mehmonlarga g‘alaba keltirgandi. O‘n olti yil o‘tib Soboslai endi vengrlar jamoasi sardori sifatida portugaliyalik yulduzga raqib bo‘lib maydonga chiqdi hamda u va jamoasiga maksimal muammo tug‘dirishga harakat qildi. Aynan «Liverpul» yarimhimoyachisi Varganing birinchi goli urilgan hujumni boshlab berdi.
Voqealarning bunday rivojini ko‘pchilik kutmagandi, qolaversa, mezbonlar darvozasidagi Balaj Tot Ronalduning yaqin masofadan yo‘llagan kuchli zarbasini aqlbovar qilmas seyv ijro etib qaytardi, ammo u baribir sehrgar emas. Birinchi bo‘limning o‘zida Bernardu Silva hisobni tenglashtirdi. Ikkinchi bo‘limda esa Krishtianu baribir o‘z maqsadiga erishdi. U burchakdan oshirilgan to‘pga bergan zarbadan keyin Nego to‘pni qo‘li bilan o‘ynadi, belgilangan penaltini uning o‘zi aniq ijro etdi. Bu 40 yoshli futbolchining karerasidagi 943-golga aylandi.
Ammo kechaning asosiy dramasi hali oldinda edi. Nego xatosini tuzatdi va Varganing dubliga ko‘maklashdi, ammo Soboslaining xatosi Joau Kanselu g‘alaba golini urishi bilan yakunlandi. Bu vaqtda Krishtianu o‘yinni rekordchi sifatida zaxira o‘rindig‘ida o‘tirib kuzatayotgandi — endi u 39 gol bilan saralash turnirlari rekordchisi, gvatemalalik Karlos Ruisga yetib oldi.
Armaniston – Irlandiya 2:1
Gollar: Spersyan (45+1 penalti), Ranos (51) – Fergyuson (57)
Armaniston: Chancharevich, Muradyan, Arutyunyan, Tiknizyan, Piloyan, Ivu, Spersyan, Selarrayyan (Serobyan, 78), Barsegyan (Shagoyan, 78), Oganesyan, Ranos (Bichaxchyan, 66)
Irlandiya: Kelleher, O`Shi, O`Brayyen, Kollinz, Kallen (Jonston, 70), Nayt, Eyzas (Fillips, 70), Teylor (Ida, 46), Menning (Skeyls, 82), Fergyuson, Ogbene (Makatir, 46)
Ogohlantirishlar: Oganesyan, 90 – Nayt, 80
Armaniston milliy jamoasi JCh-2026 saralashidagi ilk g‘alabasiga erishdi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan daqiqalarda Eduard Spersyan penaltini aniq ijro etib hisobni ochdi, ikkinchi bo‘lim boshida esa u boshlab bergan hujumda ikkinchi gol urildi. Eduard Tiknizyanni to‘p bilan ta’minladi, uning jarima maydoniga uzatmasidan keyin Grant-Leon Ranos hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi. Evan Fergyuson tezda javob golini urdi, ammo irlandlarning bundan ortig‘iga kuchi yetmadi, o‘yin oxirida esa hakam Armanistonning uchinchi golini ofsayd holati tufayli bekor qildi.
11 oktyabr. Vengriya – Armaniston, Portugaliya – Irlandiya.
14 oktyabr. Portugaliya – Vengriya, Irlandiya – Armaniston.
D guruhi
Fransiyaning 200-g‘alabasi
Fransiya – Islandiya 2:1
Gollar: Mbappe (45 penalti), Barkolya (62) – A. Gudyonsen (21)
Fransiya: Menyan, Upamekano, Konate, Ernandez, Kunde (Gyusto, 63), Tshuameni, Kone, Olise (Ekitike, 90+6), Tyuram (Rabio, 70), Barkolya (Koman, 63), Mbappe
Islandiya: Oulafsson, Gretarsson (Hlinsson, 82), Ingason, Ellersson, Palsson, Haraldsson, Yoxannesson (Helgason, 70), Anderson (Magnusson, 64), Torsteynsson (Tordarson, 70), D. Gudyonsen (Byarkason, 64), A. Gudyonsen
Ogohlantirishlar: Kone, 29. Ernandez, 54. Mbappe, 90 – Anderson, 44. A. Gudyonsen, 67
Chetlatish: Tshuameni, 68
Jarohat tufayli Dembele va Duedan ayrilgan Fransiya XXI asrdagi 200-g‘alabasiga erishdi, ammo bu g‘alabaga osonlik bilan erishilmadi. Odatda raqib darvozasi atrofida magiyasini ishga soladigan Olise o‘z jamoasi jarima maydoni ichida qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi va hisobni ochgan Andri Gudyonsenni to‘p bilan ta’minladi.
Bungacha esa «uchranglilar» harchand urinsa ham Olafsson qo‘riqlayotgan darvozaga gol ura olmayotgandi. Avvaliga Tyuram yakkama-yakka vaziyatdan foydalana olmadi, keyin uning yaqin masofadan boshda yo‘llagan zarbasini ham, qaytgan to‘pga Kone yo‘llagan zarbani ham islandiyalik posbon qaytarib qoldi. Fransuzlar hisobni faqat penalti yordamida tenglashtirishdi, Mbappe nuqtadan aniq zarba berib, terma jamoadagi gollari sonini 52 taga yetkazib oldi va terma jamoaning eng yaxshi to‘purarlari ro‘yxatida Tiyerri Anridan o‘zib ketdi. Olive Jiruning rekordigacha yana beshta aniq zarba qoldi.
Shu kuni 27-bor terma jamoani sardor sifatida maydonga boshlab tushgan (Zidanning butun karerasida shuncha sardorlikdagi o‘yin bo‘lgan) Kilian o‘yin qahramoniga aylandi. U ikkinchi bo‘limda himoyachilardan qochib ketdi va o‘zi ham zarba berishi mumkin bo‘lgan holatda yanada qulayroq pozitsiyada ochilgan Barkolyani to‘p bilan ta’minladi. Islandiya esa sochilib ketmadi va favoritni qiynashda davom etdi.
Qolaversa, Fransiya Tshuamenining maydon markazidagi qo‘pol podkatidan keyin bir kishi kam bo‘lib qoldi. Keyin esa mezbonlar gol ham o‘tkazib yubordi, ammo videotakrordan keyin Gudyonsen Konatega fol ishlatgani ma’lum bo‘ldi.
Ozarboyjon – Ukraina 1:1
Gollar: Maxmudov (72 penalti) – Sudakov (51).
Ozarboyjon: Magomedaliyev, Mustafazade, Krivotsyuk, Badalov, Jafarguliyev, Aliyev (Guseynov, 66), Maxmudov, Axmedzade (Bayramov, 53), Xaybulayev (Abdullazade, 78), Dadashov (Nuriyev, 66), Emreli (Gurbanli, 66)
Ukraina: Trubin, Zabarniy, Matviyenko, Zinchenko (Mixaylichenko, 84), Konoplya, Kalyujniy (Yarmolyuk, 61), Bondarenko (Shaparenko, 75), Ocheretko (Voloshin, 75), Sudakov, Zubkov, Vanat (Dovbik, 61)
Ogohlantirishlar: Dadashov, 42. Maxmudov, 84. Magomedaliyev, 90 – Kalyujnyy, 57. Zinchenko, 71. Shaparenko, 90
Fransiya bor guruhda qolganlar ikkinchi o‘rin (va o‘tish o‘yinlariga o‘tish imkoniyatiga ega bo‘lish) uchun kurashishadi. Guruhda qolgan uch jamoada ham imkoniyat teng ko‘rinmoqda, Fernandu Santushning iste’fosidan keyin Ozarboyjon jamoasi ham jonlandi. Yoshlar jamoasida ishlab kelgan Ayxan Abbasov boshqaruvida kavkazliklar Ukrainadan ochko olishdi. Sergey Rebrov shogirdlari esa birinchi turda betaraf maydonda fransuzlarga yutqazgandi (0:2), endi Bokuda bir ochko bilan kifoyalanishga majbur bo‘lishdi.
10 oktyabr. Fransiya – Ozarboyjon, Islandiya – Ukraina
13 oktyabr. Islandiya – Fransiya, Ukraina – Ozarboyjon.
H guruhi
Rangnikda g‘alabali seriya
Bosniya va Gersegovina – Avstriya 1:2
Gollar: Zabitser, 49 (0:1). Djyeko, 50 (1:1). Laymer, 65 (1:2)
Bosniya va Gersegovina: Vasil, Muxaremovich, Katich, Muyakich (Bajdar, 88), Memich (Bashich, 72), Taxirovich (Bayraktarevich, 72), Gigovich (Alaybegovich, 72), Shunich, Demirovich, Dedich (Gazibegovich, 60), Djyeko
Avstriya: A. Shlager, Alaba (Danso, 79), Linxart, Mvene, Laymer, K. Shlager (Grillich, 62), Zayvald, Baumgartner (Prass, 90+3), Zabitser, Shmid (Vimmer, 62), Gregorich (Arnautovich, 62)
Ogohlantirishlar: Muyakich, 45. Katich, 87 – Zabitser, 70. Vimmer, 87. Mvene, 89
Chetlatish: Vimmer, 90 (ikkinchi sariq)
H guruhi yetakchilari to‘qnashuvida Avstriya futbolchilari o‘z muxlislarini xursand qilishdi. Birinchi bo‘limda gol urilmadi. Avstriya bosh murabbiyi Ralf Rangnik tanaffusda velosipedda maydonni sayr qilishi — o‘yinning shu vaqtgacha bo‘lgan qismidagi eng qiziq voqea bo‘ldi.
Tanaffusdan keyin esa o‘yin quvnoqroq tus oldi. Avvaliga Marsel Zabitser mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi, ammo 39 yoshli Djyeko ko‘p o‘tmay muvozanatni tikladi. Ammo yakunda avstriyaliklar baribir asosiy raqib maydonidan uch ochko bilan qaytadigan bo‘lishdi — Konrad Laymer g‘alaba goli muallifi. Endi Rangnik shogirdlari zaxirada bir o‘yin bor holda guruh jadvalida bosniyaliklarga yetib olishdi.
Kipr – Ruminiya 2:2
Gollar: Dregush, 2 (0:1). Dregush, 18 (0:2). Loizu, 29 (1:2). Xaralambus, 77 (2:2)
Kipr: Fabianu, Siyelis, Laifis, Pileas (Korrea, 46), Shikkis, Kusulos (Xaralambus, 62), Kastanos, Kosti (Kiriaku, 68), Loizu (Kakullis, 62), Tsionis (Kutsakos, 89), Pittas
Ruminiya: Moldovan, Gitse, Burke, Banku, Ratsyu, M. Marin, Stanchu, R. Marin (Shut, 80, Tenase, 85), Dobre (Mikulesku, 65), Man (Soresku, 80), Dregush
Ogohlantirishlar: Kusulos, 48. Pittas, 54. Xaralambus, 90 – Banku, 21. Burke, 44
Birinchi bo‘limda ruminlar ikki marta gol urganida kiprliklar maydonga maqsadsiz tushishgandek edi. Denis Dregush dubl qayd etdi, uning jamoasi a’lo kayfiyatda edi. Biroq mezbonlar o‘ziga kelishdi. Birinchi bo‘limda bitta javob qaytarildi, ikkinchi bo‘limda esa keyin Xaralampos Xaralampus Kiprni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi. Ruminiya muhim ochkolarni boy berdi va pley-offga chiqish imkoniyatlarini sezilarli darajada kamaytirdi.
9 oktyabr. Kipr – Bosniya va Gersogovina, Avstriya – San-Marino
12 oktyabr. San-Marino – Kipr, Ruminiya – Avstriya.