Sport

Norvegiya qishki Olimpiada o‘yinlarida medal olish bo‘yicha rekord natijaga erishdi

Published

on


Sport | 22:00 / 22.02.2026

1493

1 daqiqa o‘qiladi

Norvegiyaliklar 18ta oltin, 12ta kumush va 11ta bronza medallarini jamg‘arishdi. Ikkinchi o‘rinni AQSh (12, 12, 9), uchinchi o‘rinni Niderlandiya jamoasi (10, 7, 3) egalladi.

Foto: AP

Norvegiya terma jamoasi Milan va Kortina-d’Ampetssoda yakuniga yetgan qishki Olimpiada o‘yinlarida medal olish bo‘yicha norasmiy g‘olibga aylandi.

Norvegiyaliklar 18ta oltin, 12ta kumush va 11ta bronza medallarini jamg‘arishdi. 

Ikkinchi o‘rinni AQSh (12, 12, 9), uchinchi o‘rinni Niderlandiya jamoasi (10, 7, 3) egalladi.

Norvegiya ushbu natija bilan qishki Olimpiada o‘yinlaridagi rekordini yangiladi. Bungacha norvegiyaliklar 2022 yilgi Pekin Olimpiadasida 16ta oltin medal, 2018 yilgi Pxenchxan Olimpiadasida jami 39ta medalni qo‘lga kiritishgandi. 



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version