Sport

Norvegiya — muddatidan avval Olimpiada-2026 g‘olibi

Published

on


Norvegiya muddatidan avval Olimpiada-2026 g‘olibiga aylandi. Bu terma jamoa hisobidagi oltin medallar soni 18 taga yetdi.

Ikkinchi o‘rinda borayotgan AQSh terma jamoasi hisobida 11 ta oltin medal bor.

Qishki Olimpiada yakuniga qadar amerikaliklar nazariy jihatdan ko‘pi bilan yana oltita oltin medalni qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega, biroq bu Norvegiyaga yetib olish uchun kamlik qiladi.

Kuni kecha Norvegiya bitta qishki Olimpiadada qo‘lga kiritilgan oltin medallar soni bo‘yicha rekordni yangilagan edi — 17 ta oltin medal (bu rekord yana yangilanib 18 ta yetdi). Oldingi 16 ta chempionlik rekordi ham norveglarga tegishli edi. Bungacha 14 tadan oltin medalga Kanada (Vankuverda), Germaniya (Pxenchxanda) va Norvegiya (Pxenchxanda) sazovor bo‘lgan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version