Jamiyat

Norinda kunduzgi parvarish xizmati tarbiyalanuvchisi YTH oqibatida halok bo‘ldi

Published

on


18 fevral kuni «Umid chirog‘i» kunduzgi parvarish xizmati tarbiyalanuvchilarini markazga olib ketish jarayonida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Transport vositasida 6 nafar bola bo‘lgan. Hodisa oqibatida ulardan biri halok bo‘lgan.

Namangan viloyati, Norin tumanida «Umid chirog‘i» kunduzgi parvarish xizmati tarbiyalanuvchisi yo‘l-transport hodisasi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar berdi.

Qayd qilinishicha, 18 fevral kuni soat 8:30 atrofida Norin tumanida joylashgan «Umid chirog‘i» kunduzgi parvarish xizmati tarbiyalanuvchilarini markazga olib ketish jarayonida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Transport vositasida 6 nafar bola bo‘lgan. Hodisa oqibatida tarbiyalanuvchilardan biri — 2015 yilda tug‘ilgan Sh.X. og‘ir tan jarohati oqibatida halok bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, qolgan 5 nafar bolaga Norin tuman tibbiyot birlashmasida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan va ularning holati qoniqarli deb baholanmoqda.

Holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version