Dunyodan
Noma’lum shaxs Meksikada sayyohlarni nishonga oldi
Meksikaning Teotixuakan xarobalarida qurollangan shaxs sayyohlarga qarata o‘t ochdi. Associated Press ma’lumotlariga ko’ra, u o’zini o’ldirishdan oldin 20 martadan ortiq o’q uzgan.
Nashr manbalarining aytishicha, qurollangan shaxs 27 yoshda bo‘lgan. To‘pponcha, pichoq va o‘q-dorilar topildi.
Qurollangan shaxs mahalliy vaqt bilan soat 11:30 atrofida Oy piramidasi tepasida o‘nlab sayyohlar turgan paytda o‘t ochgan.
Hodisa oqibatida Kanada fuqarosi halok bo‘ldi. 13 kishi jarohatlangan.
Meksika prezidenti Klaudiya Sheynbaum tergov davom etayotganini ma’lum qildi. U qurbonlarga hamdardlik bildirdi va Kanada elchixonasi bilan aloqada ekanligini qo‘shimcha qildi.
Mexiko shahrining chekkasida joylashgan Teotixuakan xarobalari uchta qadimiy tsivilizatsiya tomonidan qurilgan yirik yodgorliklar majmuasidir. 2025 yilda majmuaga 1,8 milliondan ortiq xorijiy sayyoh tashrif buyurgan. Hodisadan keyin ziyoratgoh vaqtincha yopilgan.