Sport

Nodirbek Abdusattorov «TePe Sigeman» turnirini kuchli uchlikda yakunladi

Published

on


Shvetsiyaning Malmyo shahrida shaxmat bo‘yicha an’anaviy «TePe Sigeman & Co» xalqaro turniri nihoyasiga yetdi. O‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov musobaqani mag‘lubiyatsiz yakunlab, sovrindorlar qatoridan joy oldi.

7 tur davom etgan bahslarda hamyurtimiz 1 ta g‘alaba va 6 ta durang qayd etgan holda, jami 4 ochko jamg‘ardi. Nodirbek qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga ko‘ra turkiyalik yosh iqtidor egasi Yagiz Kaan Erdog‘mushni ortda qoldirib, 3-o‘rinni egalladi. So‘nggi turda Abdusattorov niderlandiyalik Yorden van Forest bilan murosa ko‘chasini tanladi.

Turnirning asosiy qismida hindistonlik Arjun Erigaisi va norvegiyalik Magnus Karlsen bir xil ochko jamg‘arishdi. G‘olibni aniqlash uchun o‘tkazilgan tay-brek bahsida Karlsen 2:1 hisobida g‘alaba qozonib, bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, «TePe Sigeman» turniri o‘zbekistonlik shaxmatchilar uchun omadli musobaqalardan sanaladi. Nodirbek Abdusattorov 2024-yilda ushbu turnir chempioni bo‘lgan edi. 2025-yilda esa Javohir Sindorov oltin medalni qo‘lga kiritgan.

Yakuniy jadval (kuchli uchlik):


Magnus Karlsen (Norvegiya) — 4.5 ochko (tay-brek g‘olibi)
Arjun Erigaisi (Hindiston) — 4.5 ochko
Nodirbek Abdusattorov (O‘zbekiston) — 4 ochko



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version