Jamiyat

Nobud bo‘lgan hayvonlar jasadini krematsiya qilish tartibi joriy etilishi mumkin

Published

on


Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tomonidan nobud bo‘lgan hayvonlar jasadini krematsiya qilish tartibini belgilashga qaratilgan idoraviy buyruq loyihasi ishlab chiqildi.

Loyihaga ko‘ra, kasallik, baxtsiz hodisa yoki boshqa sabablar oqibatida o‘lgan hayvonlar jasadini sanitariya, veterinariya va ekologik xavfsizlik talablariga rioya qilgan holda maxsus krematoriylarda yoqish tartibi joriy etiladi.

Hujjatda hayvon jasadlarini maishiy chiqindilar konteynerlariga, suv havzalariga yoki boshqa belgilanmagan joylarga tashlash va ko‘mish taqiqlanishi belgilangan.

Shuningdek, nobud bo‘lgan hayvon jasadlari maxsus yopiq konteynerlarda tashilishi, vaqtincha saqlash joylarida esa sanitariya talablariga qat’iy amal qilinishi ko‘zda tutilmoqda.

Loyihaga muvofiq, yuqumli kasalliklar bilan kasallangan yoki o‘lim sababi aniqlanmagan hayvonlar jasadi faqat maxsus krematoriylarda 800–1200 daraja haroratda yoqilishi shart bo‘ladi.

Bundan tashqari, hayvon jasadlari bilan ishlovchi xodimlarni maxsus himoya vositalari bilan ta’minlash, krematsiyadan keyin dezinfeksiya ishlarini amalga oshirish hamda jarayon ustidan veterinariya va ekologiya organlari nazoratini kuchaytirish rejalashtirilgan.

Hujjat loyihasi hozircha muhokama bosqichida.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version