Jamiyat

Nikohdan ajralish qishloqlarga qaraganda shaharlarda ko‘proq ro‘y beryapti – statistika

Published

on


O‘zbekistonda 2025-yilning yanvar-iyun oylarida qayd etilgan nikohlar soni 95,3 ming birlik, ya’ni har ming aholiga nikoh koeffitsiyenti 5,1 promilleni tashkil etdi. Shundan shahar joylarida 48,7 ming birlikni (51,1 foiz), qishloq joylarida 46,6 ming birlikni (48,9 foiz) tashkil etdi.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, nikohlar soni joriy yilning yanvar-iyun oylarida 2024 yilning mos davriga nisbatan 2,1 ming birlikka kamaygan.

Nikohdan ajralishlar soni esa 23,3 ming birlik bo‘lib, har ming aholiga nisbatan ajralish koeffitsiyenti 1,2 promilleni tashkil etdi. Shundan shahar joylarida 14,1 ming birlikni (60,6 foiz), qishloq joylarida 9,2 ming birlikni (39,4 foiz) tashkil qildi.

Ajralishlar soni joriy yilning yanvar-iyun oylarida 2024-yilning mos davriga nisbatan 0,8 ming birlikka ko‘paygan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version