Dunyodan
Nega Ilon Mask Britaniyani “qamoqxona oroli” deb atagan?
Amerikalik tadbirkor Ilon Mask Britaniyani ochiqchasiga “qamoqxona oroli” deb atadi. U bu fikrini X ijtimoiy tarmog‘idagi (sobiq Twitter) postida bildirgan va mamlakatda so‘z erkinligi keskin cheklanganini tanqid qilgan.
Statistik maʼlumotlarga koʻra, 2023-yilda Buyuk Britaniyada ijtimoiy tarmoqlardagi izoh va postlar uchun 12 mingdan ortiq odam hibsga olingan. Bu ko’rsatkich dunyodagi mutlaq rekorddir.
Taqqoslash uchun:
— Buyuk Britaniya: 12 000 dan ortiq kishi.
– Rossiya: taxminan 400 kishi.
Ilon Mask bu raqamlarga salbiy munosabat bildirdi va Britaniyani so’z erkinligiga qarshi kurashuvchi nazorat qiluvchi va repressiv davlat deb atadi.
Uning fikricha, internetdagi fikr va mulohazalari uchun odamlarning ommaviy hibsga olinishi demokratik jamiyatlar uchun xavfli tendentsiyadir.
Mutaxassislarning aytishicha, Britaniya so‘nggi yillarda internetda nafrat, haqoratomuz gaplar va tahdidli izohlarni bostirish uchun qonunlarini kuchaytirgan. Amalda esa bu qonunlar ko’pincha tanqidiy jamoatchilik fikri va munozara uchun ishlatiladi.
Natijada, go’yoki demokratik davlat bo’lishiga qaramay, Britaniya ijtimoiy tarmoqlardagi sharhlari uchun qamoqqa olinganlar soni bo’yicha dunyoda birinchi o’rinda turadi, bu holat Ilon Mask tomonidan qattiq tanqidga uchradi.