Dunyodan

Neft narxi 100 dollardan oshadi

Published

on


Qo‘shma Shtatlar, Isroil va Eron o‘rtasidagi harbiy mojaro va Hormuz bo‘g‘ozini yopish tahdidi jahon bozorida neft narxini 2022-yildan beri ilk bor 100 dollardan oshib ketdi.9-mart kuni Brent markali neft fyucherslari qariyb 20 foizga oshib, bir barrel uchun 111,04 dollarni, WTI markasidagi neft esa 106,17 dollarni tashkil qildi, deb yozadi Deytututsche Welle. Vaziyat yomonlashguncha narx taxminan 70 dollar edi.

Dunyodagi neft ta’minotining 20 foizi o’tadigan Ormuz bo’g’ozining yopilishi xavfi bozorda jiddiy tashvish uyg’otmoqda. Energetika inqirozining oldini olish uchun AQSh moliya vaziri Skott Bessent Rossiya neftiga nisbatan sanksiyalarni yumshatish masalasini ko’rib chiqayotganini aytdi. Xususan, Hindistonga Rossiya neftini sotib olishda 30 kunlik imtiyozlar berildi.

Vaziyatning keskinlashishiga 7-mart kuni Isroil havo kuchlarining Eron neft infratuzilmasiga uyushtirgan zarbalari sabab bo‘ldi.Tehron atrofidagi beshta energetika obyektiga hujum qilinganidan so‘ng, Eron bunga javoban Fors ko‘rfazidagi boshqa davlatlarning neft obyektlariga hujum qilish bilan tahdid qildi. Bu jahon yoqilg’i bozorining o’zgaruvchanligini yanada oshiradi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version