Jamiyat

Navoiyning ham ayrim hududlarida bog‘chalar vaqtincha yopildi

Published

on


Uchquduq, Nurota, Tomdi va Konimex tumanlarida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati 17 iyulgacha to‘xtatildi. Bog‘chalar 20 iyul, dushanba kunidan odatiy tartibda ish faoliyatini davom ettiradi.

Navoiy viloyatining ayrim hududlarida bog‘chalar faoliyati jazirama sababli vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, mahalliy hokimlarning farmoyishiga asosan 4 ta tumanda bog‘chalar faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan.

14 iyuldan 17 iyulga qadar quyidagi hududlarda davlat bog‘chalari ishlamaydi:

·                 Uchquduq tumani;

·                 Nurota tumani;

·                 Tomdi tumani (2-, 4-, 5-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari);

·                 Konimex tumani (1-, 2-, 3-, 4-, 5-, 6-, 7-, 8-, 9-, 10-, 11-, 13-, 14-, 15-, 16- va 17-sonli bog‘chalar).

Ushbu qaror bolalarni anomal issiqning salbiy ta’siridan himoyalash va ular xavfsizligini ta’minlash maqsadida qabul qilingani bildirilgan. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari 20 iyul (dushanba) kunidan odatiy tartibda o‘z faoliyatini davom ettiradi.

Boshqarma viloyatning boshqa hududlaridagi davlat bog‘chalarida o‘rganish ishlari davom etayotganini qo‘shimcha qilgan.

Avvalroq issiq tufayli Qoraqalpog‘istondagi bog‘chalar vaqtincha yopilgandi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version