Jamiyat

Navoiyda xatolik tufayli 2 dona qalampirga 2 mlrd so‘mlik chek urildi

Published

on


Xatolikni to‘g‘rilash uchun ish sud mahkamasigacha bordi.

Navoiy viloyatida sotuvchining xatosi tufayli 2 dona qalampir narxi kassa apparatiga 2 milliard so‘m qilib kiritildi, oqibatda katta miqdorda soliq to‘lovi kelib chiqdi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Qayd qilinishicha, sotuvchi qalampir uchun 20 ming so‘mlik chek urish o‘rniga 2 mlrd so‘mlik chek urgan. Bu esa juda katta miqdorda soliq qarzdorligini yuzaga keltirgan.

Tadbirkor chekni bekor qilishni so‘ragan bo‘lsa-da, Soliq boshqarmasi chek ma’lumotlarini tahrirlab bo‘lmasligini ma’lum qilgan. Oqibatda muammo hal etilmay qolgan.

Shundan so‘ng, Navoiy viloyat soliq boshqarmasi ustidan chekni tahrirlamaslikni qonunga xilof deb topish yuzasidan Navoiy tumanlararo ma’muriy sudga shikoyat kiritilgan.

Ta’kidlanishicha, soliq boshqarmasi mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari qonunga xilof deb topilib, sud tadbirkor foydasiga qaror chiqargan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version