Jamiyat

Navoiyda qumga botib qolgan haydovchi qutqarildi

Published

on


Haydovchi manzilga vaqtliroq yetib borish uchun yo‘lni qisqartirish maqsadida yo‘nalishni o‘zgartirganligi sababli qumga botib qolgan.

FVV qutqaruvchilari «Navoiy-Zarafshon» yo‘lida qumga botib qolgan avtomobil haydovchisiga yordam ko‘rsatishdi. 

Xabar qilinishicha, «Navoiy-Zarafshon» yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan «Jyentra» rusumli avtomobil manzilga vaqtliroq yetib borish uchun yo‘lni qisqartirish maqsadida yo‘nalishni o‘zgartirganligi sababli qumga botib qolgan.

Ushbu hodisa yuzasidan Navoiy viloyati FVBga «112» tizimi orqali xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan, FVV qutqaruvchilari aytilgan manzilga borib, fuqaroga amaliy yordam berishgan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version