Jamiyat

Navoiyda noqonuniy tarzda qariyb yarim tonna baliq ovlaganlar ushlandi

Published

on


Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida joylashgan «To‘dako‘l» tabiiy suv havzasida fuqarolar taqiqlangan baliq ovlash quroli yordamida noqonuniy tarzda baliq ovlagan.

Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi tomonidan Ichki ishlar, Milliy gvardiya hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari bilan hamkorlikda Navoiy viloyatida navbatdagi nazorat reyd tadbiri o‘tkazildi.

Olib borilgan reyd tadbiri davomida Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida joylashgan «To‘dako‘l» tabiiy suv havzasida 3 nafar fuqaro tomonidan taqiqlangan baliq ovlash quroli bo‘lgan “leskali to‘rlar” yordamida ikki turdagi 39 dona baliq noqonuniy ovlangani aniqlandi.

Sodir etilgan huquqbuzarlik natijasida hayvonot dunyosiga 120 mln 304 ming so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.

Shuningdek, yana bir holatda «To‘dako‘l» suv havzasida 5 turdagi 417 dona baliq noqonuniy ovlangani aniqlanib, ushbu holat oqibatida hayvonot dunyosiga 561 mln 968 ming so‘m zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi.  

Mazkur holatlar yuzasidan huquqbuzarlarga tegishli bo‘lgan “leskali to‘rlar” va umumiy og‘irligi 416 kg bo‘lgan 456 dona baliqlar daliliy ashyo sifatida olib qo‘yildi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version