Jamiyat

Navoiyda niqobli shaxslar bankomatni o‘g‘irlab ketdi

Published

on


Hodisa oqibatida davlat manfaatlariga 36 million 763 ming so‘m miqdorida zarar yetkazilgani aniqlangan.

Navoiy viloyatida bankomatni o‘g‘irlab ketgan shaxslar qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

Qayd qilinishicha, 4 avgustidan 5 avgustga o‘tar kechasi qo‘liga tibbiyot qo‘lqopi va yuziga niqob taqqan 2000, 2002 va 2004 yillarda tug‘ilgan shaxslar davlat raqami mavjud bo‘lmagan mashinada «Taraqqiyot» mahallasidagi bankomatni o‘g‘irlab ketgan.

Ta’kidlanishicha, bankomatda 5 million 263 ming so‘m naqd pul bo‘lgan. Tezkor qidiruv tadbirlarida 3 nafar gumonlanuvchi navbatdagi o‘g‘rilikni amalga oshirmoqchi bo‘layotgan paytida qo‘lga olingan.

Hodisa oqibatida davlat manfaatlariga 36 million 763 ming so‘m miqdorida zarar yetkazilgani aniqlangan.

Gumonlanuvchilarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version