Jamiyat

Navoiyda kuyovini o‘ldirish uchun killer yollagan ayol ushlandi

Published

on


U dastlab kuyovini «aqlini kiritib qo‘yish», keyinchalik o‘ldirish uchun 40 mln so‘m evaziga o‘ziga tanish bo‘lgan ikki yigitni yollagan.

Navoiy viloyati, Zarafshon shahrida 54 yoshli ayol kuyovini o‘ldirish uchun killer yolladi, deb xabar berdi IIB.

Ma’lum qilinishicha, yosh oilada yuz bergan tortishuvlar kelin ammasining g‘azabini qo‘zg‘agan. U dastlab kuyovini «aqlini kiritib qo‘yish», keyinchalik o‘ldirish uchun 40 mln so‘m evaziga o‘ziga tanish bo‘lgan ikki yigitni yollagan.

Navoiy viloyati IIB xodimlari suiqasd sahnasini tashkil etib, videoga olib, ayolga jo‘natgan. Ayol esa videoni «xursandchilik» bilan qabul qilib, suiqasd buyurtmasi uchun kelishilgan puldan 2 million 300 ming so‘mni yollangan shaxslarning kartasiga tashlab bergan. Huquq-tartibot idoralari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirda ayol jinoyat ustida qo‘lga olingan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version