Mahalliy

Navoiyda 15 yoshli bola qidirilyapti. U uyidan chiqib ketib qaytib kelmagan

Published

on


2011-yilda Qiziltepa tumanida tug‘ilgan, ushbu tumanning «Mustaqillik» mahallasida yashovchi Xalilov Alibek Nurali o‘g‘li qidirilmoqda. 38-sonli umumta’lim maktabining 8-sinf o‘quvchisi bo‘lgan Alibek Xalilov joriy yilning  15-oktyabr kuni yashash xonadonidan noma’lum tomonga chiqib ketib, qaytib kelmagan.

Alohida belgilari: Sochlari qora, qoshlari yoysimon, yuzi cho‘ziqroq, bo‘yi 165 sm, chap tomon lab ostki qismida xoli bor, ozg‘indan kelgan.

Egnida qora rangli jinsi kastyum, yashil rangli erkaklar futbolkasi (old tomonida «23» raqami va «LOS ANGELES» yozuvlari mavjud), qora shim va krasovka hamda maktab sumkasida bo‘lgan.

Xalilov Alibek Nurali o‘g‘lini ko‘rganlar yoki biror ma’lumotga ega bo‘lgan fuqarolar «102» qisqa raqamiga yoki Qiziltepa tuman IIBning 79-555-38-02,  91-333-04-04,  94-037-33-95 telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishlari so‘raladi va berilgan ma’lumotlar  sir saqlanadi.  

Alibek Xalilovni topgan fuqaro 10 million so‘m pul mablag‘i bilan mukofotlanadi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version