Sport
Navbahor Hamidova jahon kubogida chempion bo‘lgan birinchi o‘zbekistonlik ayol bokschi bo‘ldi
Navbahor Hamidova finalda Olimpiada va uch karra jahon chempioni turkiyalik Busenaz Surmenelini 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Ostona shahrida boks bo‘yicha jahon kubogining navbatdagi bosqichi o‘z yakuniga yetib bormoqda. Unda o‘zbekistonlik Navbahor Hamidova g‘alaba qozonib, mazkur toifadagi musobaqada oltin medalni qo‘lga kiritgan birinchi o‘zbekistonlik bokschi qizga aylanmoqda.
Navbahor Hamidova finalda Olimpiada va uch karra jahon chempioni turkiyalik Busenaz Surmenelini 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratishga erishdi. Ushbu g‘alaba bilan Hamidova avvalgi 2 mag‘lubiyat uchun munosib revansh olishga erishdi.
Shu tariqa, terma jamoa mazkur musobaqani 1 ta oltin va 4 ta bronza medallari bilan yakunladi.
Oltin medal:
-65 kg: Navbahor Hamidova.
Bronza medal:
-54 kg: Feruza Kazakova;
-75 kg: Aziza Zokirova;
-80 kg: Sohiba Ro‘zmetova;
+80 kg: Oltinoy Sotimboyeva.