Iqtisodiyot
Narxlar oktyabrda 0,6 foizga oshdi, o‘tgan yilga nisbatan inflatsiya pasaydi
Iqtisodiyot | 11:23
230
1 daqiqa o‘qiladi
Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, 2025 yil oktyabr oyida iste’mol sektoridagi tovar va xizmatlar narxlari o‘rtacha 0,6 foizga qimmatlashdi. Yillik INI – 107,8 foiz, bu 2024 yil oktyabridagi 110,2 foizdan 2,5 foiz punktiga past.
Oktyabr oyida oziq-ovqat mahsulotlari +0,9 foiz, nooziq-tovarlar +0,4 foiz, aholiga ko‘rsatiladigan pulli xizmatlar +0,3 foizga oshdi.
Inflatsiyaga eng katta ta’sir ko‘rsatgan pozitsiyalar quyidagilar bo‘ldi:
oziq-ovqat: pomidor (+61,0 foiz), bodring (+58,2 foiz), baqlajon (+11,3 foiz), bulg‘or qalampiri (+10,6 foiz), tarvuz (+7,0 foiz), qovun (+4,6 foiz), mandarin (+4,2 foiz), tovuq tuxumi (+4,1 foiz), uzum (+3,6 foiz), banan (+2,3 foiz), mol go‘shti (suyaksizdan tashqari) (+1,7 foiz), qo‘y go‘shti (+1,6 foiz), paxta moyi (+1,0 foiz), kungaboqar moyi (+0,7 foiz), birinchi navli bug‘doy uni (+0,4 foiz).
nooziq-tovarlar: qimmatbaho metallardan nikoh uzuklari (+5,2 foiz), propan (+3,3 foiz), benzin (+1,5 foiz), sement (+1,2 foiz).
Qo‘mita hisob-kitoblarida respublika bo‘ylab 10 mingdan ortiq savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalarida qayd etilgan 195 mingga yaqin narx kuzatuvi qo‘llandi. Jami 420 turdagi oziq-ovqat/nooziq-ovqat mahsulotlari va 90 turdagi xizmatlar narxlari monitoring qilindi.