Dunyodan
Narkotik sotuvchining uyidan Pikassoning surati topildi
Dunyoga mashhur rassom Pablo Pikassoning yo‘qolgan rasmi Fransiyada giyohvand moddalar savdosi bilan bog‘liq jinoyat ishi doirasida tintuv chog‘ida topildi. Tadbir Parijning janubi-sharqiy chekkasida, Shampigny-sur-Marne shahrida bo’lib o’tdi.
Parijdagi sanʼat omboridan Pikassoning surati oʻgʻirlab ketildi. Bu rasm aslida singapurlik ayol kolleksionerga tegishli edi. O‘g‘irlikda gumon qilinganlardan biri omborni qo‘riqlagan.
Ushbu rasmning rasmiy nomi hozircha oshkor etilmagan, ammo mutaxassislar tomonidan tasdiqlangan.
Le Parisien gazetasining xabar berishicha, politsiya uydan Pablo Pikassoning rasmini, shuningdek, giyohvand moddalar, qimmatbaho kiyimlar va minglab yevro naqd pullarni olib qo‘ygan.
Pikassoning asarlari ko‘p yillar davomida o‘g‘rilarning sevimli nishoni bo‘lib kelgan. Bu holat sanʼat asarlari xavfsizligi yetarli darajada taʼminlanmaganligini va ular qora bozorda sotilishi davom etayotganini yana bir bor koʻrsatadi.