Jamiyat

Namanganda yirik turistik majmua qurilishi boshlandi

Published

on


Namangan viloyati tog‘oldi hududi hisoblangan Pop tumanidagi Arashan ko‘llar tizimi atrofida “Arashan Resort” majmuasi qurilishi boshlandi. Loyiha 600 gektar maydonda tashkil qilinib, zamonaviy turizm infratuzilmasiga ega bo‘lgan yirik dam olish va sayohat markaziga aylanadi.

Loyiha to‘liq ishga tushirilgandan so‘ng kunlik 2,5 ming nafar sayyohni qabul qilish, yillik 912 ming nafar turistga xizmat ko‘rsatish, 2 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratish imkoniyati paydo bo‘ladi. Majmua doirasida ekologik turizm zonalari, ekstremal va tog‘ turizmi infratuzilmalari, gastronomik turizm markazlari, sayohat va madaniy dam olish maskanlari, rekreatsion va sog‘lomlashtirish hududlari tashkil etiladi.

Bu yerda tematik parklar, tog‘ chang‘isi komplekslari, ziplayn, restoran va kafelar, ochiq osmon ostidagi kinoteatr, ekobozor, bolalar maydonchalari, sport maydonlari hamda termal suv basseynlari barpo etilishi rejalashtirilgan.

Mazkur loyiha Yaponiyaning nufuzli “NGEA – Nippon Global Education and Assessment” kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version