Jamiyat

Namanganda Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi bosh mutaxassisi ushlandi

Published

on


Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan korrupsiyaga oid bir qator noqonuniy holatlar aniqlandi.

Namangan viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi bosh mutaxassisi qo‘lga olindi.

U sud tizimidagi tanishlari orqali joriy yilning yanvar oyida 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan mahkumning ishini sudda qayta ko‘rib chiqish va ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoni tayinlash evaziga 30 ming AQSh dollari talab qilgan.

DXXning Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat IJQK departamenti xodimlarini jalb qilgan holda o‘tkazilgan tezkor tadbirda bosh mutaxassis oldindan 10 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ushlandi. 

Mazkur mutaxassis firibgarlik bilan bog‘liq jinoyati uchun  muqaddam bir necha marotaba sudlangan. 

Namangan viloyatida o‘tkazilgan yana bir tezkor tadbirda, mol-mulklarni baholash faoliyati bilan shug‘ullanuvchi MChJ rahbari soliq organlaridagi mansabdor tanishlari orqali tadbirkorga tegishli bo‘lgan MChJning 783 mln so‘mlik  soliq qarzdorligini 141 mln so‘mgacha kamaytirib berish evaziga 4400 AQSh dollari olgan vaqtida jinoyat ustida qo‘lga olindi.

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, mansabdor tanishi hisoblangan Namangan viloyati soliq boshqarmasi shu’ba boshlig‘i ham 4400 AQSh dollarini pora sifatida olgan vaqtida ushlandi.

Poytaxtda qayd etilgan holatda, Mirobod tuman hokimligi Ijtimoiy moslashtirish markazi rahbari o‘z xizmat mavqeyidan foydalanib, fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga fuqarolik pasportini rasmiylashtirish hamda doimiy ro‘yxatga qo‘ydirib berish evaziga 1200 AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

Qashqadaryo viloyatida kuzatilgan qonunbuzilish holatida, Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Qarshi shahar bo‘limi davlat ijrochisi o‘z ish yurituvida bo‘lgan, javobgar fuqaroning qariyb 70 mln so‘mlik qarzdorligini undirish uchun uning avtotransport vositasiga qo‘yilgan taqiqni yechib berish evaziga 1000 AQSh dollari talab qilgan. 

O‘tkazilgan tezkor tadbir natijada, davlat ijrochisi talab qilingan pul mablag‘ini Qarshi tumanidagi fermer xo‘jalik rahbari vositachiligida pora sifatida olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version