Jamiyat

Namanganda qalbaki 30 ming dollarini o‘tkazmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Published

on


Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Namangan viloyati boshqarmasi, DXX hamda Bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi departament

Unda, “Toshkent-Namangan” yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Laccetti rusumli avtomashina to‘xtatilib ko‘zdan kechirilgan.

Jarayonda avtomashina yo‘lovchisi S.B. har biri 100 AQSh dollarlik qalbaki 30 000 AQSh dollarini Namangan shahrida o‘tkazish maqsadida olib kelgani aniqlanib, ushbu qalbaki pullar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version