Jamiyat

Namanganda noqonuniy mehnat migratsiyasiga qarshi tezkor tadbirlar o‘tkazildi

Published

on


Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida Namangan shahrida xorijga ishga yuborishni va’da qilib, fuqarolardan pul talab qilgan ikki nafar shaxs ushlandi.

Namangan shahridagi konsalting firmalaridan biri rahbari 2001 yilda tug‘ilgan mahalliy fuqaroning ishonchiga kirib, uni tanishlari orqali Janubiy Koreya davlatiga ishga joylashtirish evaziga 10 ming AQSh dollari talab qilgan. U oldindan 1,5 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, Namangan shahrida faoliyat yuritayotgan boshqa bir konsalting firma ish yurituvchisi ham o‘z tanishlari orqali To‘raqo‘rg‘on tumanida istiqomat qiluvchi, 1998 yilda tug‘ilgan fuqaroni Latviya davlatiga ishga yuborishni va’da qilib, 2 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ushlangan.

Ayni paytda har ikki holat yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Fuqarolardan ogoh bo‘lish so‘raladi: xorijga ishga yuborish bilan bog‘liq shubhali takliflarga aldanib qolmang.

Mazkur masalada Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi hamda chet elga ishga yuborish bo‘yicha tegishli litsenziyaga ega xususiy bandlik agentliklariga murojaat qilish tavsiya etiladi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version