Jamiyat

Namanganda 1,6 mlrd so‘mlik gaz o‘g‘irlandi: tafsilotlar

Published

on


Uchqo‘rg‘on tumanida 1,6 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan umumiy ovqatlanish shoxobchasi aniqlandi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchqo‘rg‘on tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda “R.K.” MChJ rahbari B.M. (muqaddam sudlangan) umumiy ovqatlanish shoxobchasida tijorat maqsadida gaz tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib, 1,6 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version