Jamiyat

Namangan tumanidagi xususiy bog‘chalardan birida tarbiyachi bolalarni haqoratlab kaltakladi

Published

on


Eshobod mahallasida tashkil etilgan bu maktabgacha ta’lim muassasasi noqonuniy ishlab kelayotgani aniqlangan. Shu sabab faoliyati to‘xtatilib, bolalar bilan qo‘pol munosabat qilgan tarbiyachi bilan profilaktik suhbat o‘tkazilgan. Holat yuzasidan huquqiy baho berish uchun IIOga hujjat taqdim etilgani ma’lum qilindi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati Namangan tumanida bo‘lgani aytilgan xususiy bog‘chadagi holat aks etgan videolar tarqaldi. Unda tarbiyachi bolalar bilan musiqali o‘yin tashkil qilayotgan vaqtda ularga nisbatan o‘ta qo‘pol munosabatda bo‘lgani ko‘rinadi.

Voqea dumaloq videoda tasvirga olingan. Ayol tarbiyalanuvchilarni haqoratlab urgan. Videoda uning “Tur, tur! Men kimga jon kuydiryapman?” deya juda baland ovozda baqirgani ham ko‘rinadi.

Vaziyat haqida Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rasmiy munosabat bildirgan. Unga ko‘ra, tumanning “Eshobod” MFY hududida joylashgan “3-Renessans avlodlari” nomli maktabgacha ta’lim tashkiloti bir fuqaro tomonidan noturar joyda davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan va litsenziyasiz ishlayotgani aniqlangan.

“44 nafar bola qamrab olingan ushbu noqonuniy maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati to‘xtatilib, yuqoridagi holat yuzasidan huquqiy baho berish uchun huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga barcha hujjatlar taqdim etilgani bildiriladi”, – deyiladi izohda.

Qayd etilishicha, videoda keltirilgan muassasa tarbiyachisi bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilgan. Kelgusida bunday vaziyatlar takrorlanmasligi yuzasidan qat’iy ogohlantirilib, zarur tushuntirish ishlari olib borilgan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version