Dunyodan
Myanmada 2,2 kg og’irlikdagi yoqut topildi.
Myanmada og’irligi 11 000 karat (2,2 kilogramm) bo’lgan yoqut topildi. Bu haqda mamlakat Axborot vazirligi ma’lum qildi.
Yoqut Myanmaning asosiy qimmatbaho toshlar qazib oluvchi hududi Mandalay yaqinidagi Mogok tumanida topilgan. Bu tosh sifat va rang jihatidan ilgari topilgan har qanday toshdan ustundir. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, tosh 1996 yilda topilgan 21,45 ming karat (4,3 kg) yoqutdan qimmatroq. Toshning taxminiy qiymati oshkor etilmagan. Uni aniq kim kashf etgani aniq emas.
Rangi sarg’ish tusli quyuq qizil bo’lib, u o’rtacha shaffoflik va shishasimon yorqinligi bilan ajralib turadi. Toshlar qayta ishlanmagan va tabiiy ko’rinishida qolgan.
Myanma jahon bozoriga nefrit va boshqa qimmatbaho toshlarni yetkazib beruvchi davlatlardan biridir. Qonun bo‘yicha konchilar qimmatbaho topilmalar to‘g‘risida hukumatni xabardor qilishlari shart, biroq mamlakatda qimmatbaho toshlar uchun qora bozor hamon mavjud.
Ma’lumotnoma: 2015 yilda Jenevada Sotheby’s auktsionida 25,59 karatli yoqut 30,33 million dollarga sotilgan.