Dunyodan
Muzokaralarni ikki bosqichga bo’lish mumkin
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Eron AQShga Hormuz bo‘g‘ozini qayta ochish va urushni to‘xtatishga chaqiruvchi yangi taklif yuborgan. Taklif yadroviy muzokaralarni keyingi bosqichga qoldirishni nazarda tutadi.
Axios ma’lumotlariga ko’ra, taklif Pokiston orqali qilingan.
Shu bilan birga, tahlilchilarga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Eron blokadani olib tashlab, bo‘g‘oz masalasida kelishuvga erishsa, uni uran zaxiralaridan voz kechishga majburlash ta’sirini yo‘qotishi mumkin.