Jamiyat

Musulmonlar idorasi Ramazon boshlanishi bo‘yicha tushuntirish e’lon qildi

Published

on


Musulmonlar idorasi Ramazon oyining boshlanish sanasi bo‘yicha bayonot berdi. 

2026-yil 17-fevral kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi ulamolari hijriy 1447-yil Ramazon oyi hiloli ko‘rinmaganini ma’lum qilgan. Shuningdek, Fanlar akademiyasi Astronomiya institutining taqdim etgan ma’lumoti ham mazkur kuzatishlarni tasdiqladi.

Shu bois, joriy yil 18-fevral kunini hijriy 1447-yil Sha’bon oyining o‘ttizinchi kuni, Ramazon oyining birinchi kuni esa shu yilning 19-fevral kuniga to‘g‘ri kelishi haqida qaror qabul qilindi.

Quyidagi aksar musulmon mamlakatlari ham Ramazon oyining birinchi kunini shu yilning 19 fevral kuni, deb e’lon qildi:

 Misr Arab Respublikasi

Iordaniya

Suriya

Iroq

Eron

Turkiya

 Qozog‘iston

 Qirg‘iziston

 Tojikiston

 Turkmaniston 

 Ozarbayjon

Indoneziya

 Bruney

Ummon

Singapur

Avstraliya

Yaponiya

Pokiston

Hindiston

Malayziya

Janubiy Koreya

Shuningdek, Yevropa fatvo va tadqiqotlar kengashi tomonidan joriy yil 19 fevral kunini Ramazon oyining birinchi kuni, deb e’lon qilindi.

Avvalroq taroveh namozi o‘qilish vaqtlari e’lon qilingandi. 



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version