Jamiyat

Mustaqillik bayrami oldidan Prezident bir guruh faollarni mukofotladi

Published

on


Prezident O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlashga doir tegishli Farmonni imzoladi. 

«Mamlakatimizda keng ko‘lamli islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish, yurtimizning iqtisodiy taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini ta’minlash, Yangi O‘zbekistonning xalqaro miqyosdagi obro‘-e’tibori va nufuzini yuksaltirishga qo‘shgan munosib hissasi, ilg‘or innovatsion texnologiyalarni amaliyotga joriy etish, zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish, hududlar infratuzilmasini jadal rivojlantirish borasidagi ulkan xizmatlari, jamiyatimizda ijtimoiy-ma’naviy barqarorlikni saqlash, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash yo‘lidagi ibratli faoliyati hamda jamoat ishlaridagi faol ishtiroki uchun quyidagilar mukofotlansin», – deyiladi hujjat matnida.

Jumladan:


«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi» faxriy unvoni bilan 1 nafar;
«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi» faxriy unvoni bilan 1 nafra; 
«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan geolog» faxriy unvoni bilan 2 nafar;
«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan quruvchi» faxriy unvoni bilan 2 nafar;
«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan tadbirkor» faxriy unvoni bilan 2 nafar;
«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fuqaro aviatsiyasi xodimi» faxriy unvoni bilan 1 nafar;
«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan jurnalist» faxriy unvoni bilan 1 nafar;
«El-yurt hurmati» ordeni bilan 5 nafar;
«Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan 1 nafar;
«Mehnat shuhrati» ordeni bilan 3 nafar;
«Do‘stlik» ordeni bilan 34 nafar; 
«Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan 32 nafar;
«Sog‘lom turmush» medali bilan 1 nafar;
«Kelajak bunyodkori» medali bilan 2 nafar;
«Jasorat» medali bilan 14 nafar;
«Shuhrat» medali bilan (100 yoshdan oshganlar) 14 nafar;
«Shuhrat» medali bilan 67 nafar davlat va boshqa turdagi tashkilotlar xodimlari mukofotlandi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version