Iqtisodiyot

Murad Buildings’ning NRG qurilish kompaniyasidagi ulushi Qozog‘iston kompaniyasiga o‘tadi

Published

on


Qozog‘istonlik developer BI Group va Murad Buildings NRG ulushlarini BI Group’ga o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bitim summasi va shartlari oshkor etilmaydi.

Murad Buildings’ning NRG qurilish kompaniyasidagi ulushi Qozog‘istonning BI Group developer kompaniyasiga o‘tadi. Bu haqda NRG matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, qozog‘istonlik developer BI Group va Murad Buildings “Great Silk Road Business Cooperation Forum” xalqaro biznes-forumida NRG ulushlarini BI Group’ga o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

“NRG kompaniyasi NRG-BI brendi ostida va BI Group mahalliy boshqaruv jamoasi bilan ishlashni davom ettiradi. Murad Buildings o‘zining noyob loyihalarini rivojlantirishga e’tibor qaratadi”, deyiladi xabarda.

Kompaniya bitim summasi va shartlari oshkor etilmasligini bildirgan.

“NRG mijozlari, xodimlari va hamkorlari uchun bu o‘zgarishlar majburiyatlarning saqlanishi hamda belgilangan yo‘nalishning izchil davom etishini anglatadi. Xizmat ko‘rsatish standartlari takomillashtiriladi, amaldagi va ishga tushirilgan loyihalar bo‘yicha kelishuv shartlari o‘zgarmaydi”, — deyiladi kompaniya xabarida.

“Besh yillik hamkorligimiz biz uchun qimmatli tajriba bo‘ldi. Shu davr mobaynida NRG bir qator muhim va betakror loyihalarni amalga oshirdi. Ishonchim komilki, BI Group’dagi hamkasblarimiz boshqaruvi ostida NRG bundan buyon ham shunday tez va sifatli qurilishni davom ettiradi”, — deya izoh bergan Murad Buildings asoschisi va NRG hammuassisi Murod Nazarov.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version