Jamiyat

Mudofaa vazirligi tizimida olti tayinlov amalga oshirildi

Published

on


Mudofaa vazirligi tizimida oltita yangi tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda vazirlik xabar berdi. Jumladan:

General-mayor Farhodjon Shermatov O‘zbekiston Respublikasi harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar u Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimida faoliyat yuritgan.

Polkovnik Kadirjon Tursunov Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar u O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vazirining jangovar tayyorgarlik bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Polkovnik Qahramonjon Zoidov O‘zbekiston Respublikasi harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Quruqlikdagi qo‘shinlar instituti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Polkovnik Abdulla Xamrayev O‘zbekiston Respublikasi harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Harbiy aviatsiya instituti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Podpolkovnik Baxtiyor Rahimov O‘zbekiston Respublikasi harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Tibbiy xizmat polkovnigi Ulug‘bek Rasulov O‘zbekiston Respublikasi harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining Harbiy tibbiyot instituti boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version