Jamiyat

Mudhish qotillikka qo‘l urgan o‘zbekistonlik ayol Rossiya ruhiy kasalliklar shifoxonasida qoldirildi

Published

on


2016 yilda 4 yoshli qizning boshini tanasidan judo qilgan Gulchehra Boboqulova ruhiy kasalliklar shifoxonasidan qo‘yib yuborilmaydi.

Moskvada sud 2016 yil fevral oyida 4 yoshli qizning boshini tanasidan judo qilgan O‘zbekiston fuqarosi Gulchehra Boboqulovaning taqdirini hal qildi. Bu haqda «MK» nashri xabar berdi.

«Sud qaroriga ko‘ra, aqli noraso deb topilgan ayol Qozon shahridagi ixtisoslashtirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonasida qoladi. Ayolni O‘zbekistonga ekstraditsiya qilish rejasi yo‘q, chunki u o‘z vatanida davolangan holda ozodlikka chiqmasligiga kafolat yo‘q», deyiladi xabarda.

Qayd qilinishicha, ixtisoslashtirilgan intensiv kuzatuvdagi ruhiy kasalliklar shifoxonasining yagona ayollar bo‘limida hozir 13 nafar xorijlik ayol saqlanmoqda.

 

Boboqulova 2016 yil fevral oyida Moskvada «Oktyabrskoye Pole» metro bekati yaqinida qo‘lga olingan edi. Uning qo‘lida yosh bolaning boshi bor edi. Ayol Narodnoye Opolcheniye ko‘chasida yashovchi oilada enaga bo‘lib ishlagan. Taxminlarga ko‘ra, Boboqulova uy egalari yo‘qligidan foydalanib, qizni o‘ldirgan, kvartiraga o‘t qo‘ygan va ko‘chaga chiqib ketgan. Sud uni jinoiy javobgarlikdan ozod qilib, majburiy psixiatrik davolanishga jo‘natgan edi.

Ma’lum bo‘lishicha, Boboqulovaga 1999 yilda shizofreniya tashxisi qo‘yilgan, 2002 yilda esa u o‘zini tajovuzkor tutib, turli ovozlarni eshita boshlagan. Ayol Samarqand viloyati ruhiy kasalliklar shifoxonasida ham davolangan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version