Dunyodan

Moskvada otib o’ldirilgan yana bir generalning ahvoli og’ir

Published

on


Moskvada Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi Razvedka boshqarmasi direktorining birinchi o‘rinbosari general-leytenant Vladimir Alekseev o‘ldirildi. Bu haqda Rossiya Tergov qo‘mitasi ma’lum qildi.

Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, kimdir Moskva shimoli-gʻarbidagi turar-joy massivi yaqinida generalga bir necha marta oʻq uzib, voqea joyidan qochib ketgan. Alekseev turli darajadagi jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgan, biroq uning ahvoli hozircha ma’lum emas.

Tergov qoʻmitasi ushbu holat yuzasidan “qotillikka urinish” va “noqonuniy qurol saqlash” moddalari boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatdi. Huquq-tartibot idoralari gumonlanuvchini qidirmoqda.

Suiqasd Abu-Dabida Rossiya, Ukraina va AQSh ishtirokidagi muzokaralar yakunlanganidan bir kun o‘tib sodir bo‘lgan. Ushbu muzokaralar davomida Rossiya delegatsiyasiga Alekseevning bevosita boshlig’i admiral Igor Koschukov boshchilik qildi. Hozircha rasmiy manbalar hodisa va muzokaralar o‘rtasida hech qanday aloqa borligini tasdiqlamadi.

2011 yildan beri Vladimir Alekseev Bosh razvedka boshqarmasi direktorining birinchi o’rinbosari lavozimida ishlab kelmoqda. OAV maʼlumotlariga koʻra, u Rossiyaning Suriyadagi harbiy amaliyotlari vaqtida razvedka operatsiyalarini muvofiqlashtirgan. 2017 yilda unga “Rossiya Federatsiyasi Qahramoni” unvoni berildi.

2023 yilning yozida Alekseev Evgeniy Prigojin boshchiligidagi qo’zg’olonga qarshi chiqdi va o’z tarafdorlarini qurollarini tashlashga chaqirgani bilan ham tanilgan.

General Alekseev Rossiyaning xorijiy harbiy amaliyotlarida ishtirok etgani uchun koʻplab Gʻarb davlatlarining sanksiyalari ostida qolmoqda. Xususan, u 2016-yilgi prezidentlik saylovlariga daʼvo qilingan aralashuv uchun AQSh sanksiyalariga, 2018-yilda esa Solsberida Skripallar oilasining zaharlanishi ortidan YeI sanksiyalariga kiritilgan edi.

Tergov davom etmoqda, ammo suiqasd sababi va unga kim buyurtma bergani hozircha oshkor etilmagan.

Eslatib o‘tamiz, 2024-yil dekabrida skuter bortidagi portlovchi qurilma ishga tushirilib, general Kirillov halok bo‘lgan edi. 2025-yil 25-aprelda RF Birlashgan kuchlari Bosh shtabining operatsiyalar bo‘yicha boshlig‘ining o‘rinbosari general-leytenant Yaroslav Moskalik (59 yosh) avtomobil portlashi oqibatida halok bo‘ldi. 22-dekabr kuni RF Birlashgan kuchlari shtabining Tezkor tayyorgarlik boshqarmasi boshlig‘i general-leytenant Fanil Sarvalovning mashinasi portlatib yuborildi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version