Iqtisodiyot
Moody’s xalqaro agentligi O‘zbekistonning kredit reytingini bir pog‘onaga ko‘tardi
Moody’s xalqaro agentligi O‘zbekistonning kredit reytingini bir pog‘ona yuqoriga ko‘tarib, barqaror prognozi bilan Ba2 darajasida belgiladi.
Bu Prezidentimiz rahbarligida mamlakat iqtisodiy salohiyatini mustahkamlash borasida olib borilayotgan tizimli harakatlar natijasidir, deya ma’lum qildi Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva.
Mazkur ko‘rsatkich amalda nimani anglatadi? Bu — yanada qulay shartlardagi investitsiyalar, arzon moliyaviy resurslar, yangi korxonalar hamda qo‘shimcha ish o‘rinlari demak.
Oldinda hali qiladigan ishlarimiz ko‘p. Bosh maqsadimiz O‘zbekiston fuqarolari uchun munosib kelajakni ta’minlovchi kuchli, ochiq hamda raqobatbardosh iqtisodiyotni barpo etishdir, deya xulosa qiladi Saida Shavkatovna.