Jamiyat

Monitorlarda qimor o‘yinlarini reklama qilgan kafe javobgarlikka tortiladi

Published

on


Tarmoqlarda Brasserie kafesiga o‘rnatilgan monitorlarda qimor o‘yinlariga oid belgilar aks etgani muhokamaga sabab bo‘ldi. Shundan keyin Raqobat qo‘mitasi “One More” MChJ (Brasserie kafesi)ga nisbatan ish qo‘zg‘atdi.

Ushbu korxona faoliyati o‘rganilganda, “Reklama to‘g‘risida”gi qonunning 46-moddasi talablari buzilishi alomatlari aniqlandi, deya xabar berdi qo‘mita.

Qo‘zg‘atilgan ishni ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot berilishi ma’lum qilindi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda qimor o‘yinlari va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar, shu jumladan internet orqali tashkil etiladigan o‘yinlarning reklamasi taqiqlangan.

Reklama qilish taqiqlangan mahsulot haqida reklama tarqatganlik – 100 BHM (bugungi kunda 41 mln 200 ming so‘m) jarimaga sabab bo‘ladi.

Avvalroq, Raqobat qo‘mitasi bukmeykerlik xizmatlarini targ‘ib qiluvchi veb-saytlarni bloklagani xabar qilingandi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version