Siyosat

Mo‘g‘ulistonda Prezident Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

Published

on


Davlat tashrifi bilan Mo‘g‘ulistonda bo‘lib turgan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Davlat rahbari va rafiqasini Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux rafiqasi bilan kutib oldi.

Suxe-Botir maydonida oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Harbiy orkestr ijrosida ikki davlat madhiyalari yangradi.

Marosimdan so‘ng O‘zbekiston prezidenti Mo‘g‘uliston Davlat saroyidagi Faxriy mehmonlar kitobida qayd yozib qoldirdi.

Birgalikda suratga tushilgach, oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version