Jamiyat

Misrda vafot etgan o‘zbekistonlik fuqaroning jasadi vatanga qaytarildi

Published

on


Elchixona diplomatlari tomonidan Misrda yurak xuruji oqibatida vafot etgan surxondaryolik 38 yoshli O‘zbekiston fuqarosi B.A.ning jasadi O‘zbekistonga qaytarildi, deya xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Ma’lum qilinishicha, hodisa haqida xabar olinishi bilan elchixona mas’ullari tegishli mahalliy idoralar bilan tezkor tarzda aloqa o‘rnatib, zarur hujjatlarni rasmiylashtirish choralarini ko‘rgan.

Shuningdek, marhumaning Misrda bo‘lgan oila a’zolariga alohida e’tibor qaratilgan. Elchixona tomonidan aviakompaniya hamda marosim xizmatlari bo‘yicha muvofiqlashtirish ishlarida ham amaliy ko‘mak ko‘rsatilgan.

Marhumaning oilasi xohishiga ko‘ra, uni milliy an’analarga muvofiq dafn etish maqsadida jasadning O‘zbekistonga yetkazilishi ta’minlangan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version