Iqtisodiyot

Misr kompaniyasi Jizzaxda ikkita shakar zavodi quradi

Published

on


Qayd etilishicha, loyiha uchun Jizzax viloyatining G‘allaorol va Forish tumanlaridan qand lavlagi yetishtirish uchun 50 ming gektar hamda shakar zavodi qurilishi uchun 170 gektar yer maydoni ajratilgan.

Misrning “Nile Sugar” kompaniyasi joriy yilning mart oyidan Jizzax viloyatida qand lavlagi yetishtirish va uni qayta ishlash loyihasini amalga oshirishni boshlaydi.

Fixygen nashriga ko‘ra, mazkur loyiha yiliga 200 ming tonnagacha shakar ishlab chiqarishni ko‘zda tutadi. Investitsiyalarning umumiy hajmi 450 million AQSh dollariga baholanmoqda va u to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar shaklida amalga oshiriladi.

Loyiha uchun Jizzax viloyatining G‘allaorol va Forish tumanlaridan qand lavlagi yetishtirish uchun 50 ming gektar hamda shakar zavodi qurilishi uchun 170 gektar yer maydoni ajratilgan.

Qayd etilishicha, kelishuvlarning amalga oshirilishi O‘zbekistonga zamonaviy agrosanoat va qayta ishlash texnologiyalarini jalb qilish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish hamda ichki bozorni mahalliy shakar mahsulotlari bilan barqaror ta’minlash imkonini beradi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version