Jamiyat
Mirzo Ulug‘bek tumanida mashina yonishi holati qayd etildi
Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida avtomobilda sodir bo‘lgan yong‘in FVBB kuchlari tomonidan qisqa vaqt ichida bartaraf etildi.
Joriy yilning 31 yanvar kuni soat 22:04 da Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani Buloqsoy ko‘chasida avtomobil yonayotgani haqida Toshkent shahar FVBBga xabar kelib tushgan.
Xabarga muvofiq, qutqaruv texnikasi voqea joyiga soat 22:07 da yetib borgan va yong‘in soat 22:14 da o‘chirilgan.
Ma’lum qilinishicha, yong‘in oqibatida jarohatlanganlar yo‘q.