Jamiyat

Mirzo Ulug‘bek tumanida avtobus saroyida yong‘in sodir bo‘ldi

Published

on


13 yanvar kuni tungi soat 02:16 da Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan 5-sonli avtobus saroyida avtobusda yong‘in sodir bo‘layotgani haqida xabar kelib tushgan.

Toshkent shahar FVBBga kelib tushgan murojaatga ko‘ra, hodisa Mirzo Ulug‘bek tumani Tinchlik ko‘chasi 5-sonli avtobus saroyi hududida kuzatilgan. Qutqaruv va yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 02:22 da yetib borgan.

Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 02:32 da to‘liq o‘chirilgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa joyida 5-avtosaroyga qarashli avtobus yongani va zararlangani aniqlangan.

Qayd etilishicha, yong‘in oqibatida jarohatlanganlar yo‘q. Hodisa sabablari va keltirilgan moddiy zarar miqdoriga oydinlik kiritish bo‘yicha tegishli tartibda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version