Siyosat

Mirziyoyev va Chexiya Bosh vaziri Faxriy mehmonlar xiyobonida daraxt ekdi

Published

on


O‘zbekiston – Chexiya oliy darajadagi muzokaralarining yakunida Prezident Shavkat Mirziyoyev va Chexiya Bosh vaziri Andrey Babish Faxriy mehmonlar xiyobonida birgalikda daraxt ekishdi, deya xabar berdi Prezident matbuot xizmati.

Ta’kidlanishicha, marosim ikki mamlakat xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik va o‘zaro anglashuv mustahkamlanib borayotgani, O‘zbekiston – Chexiya ko‘p qirrali munosabatlarini rivojlantirishda yangi bosqich boshlanganining ramzi bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Chexiya Bosh vaziri Andrey Babish Kengaytirilgan hamkorlikni ilgari surish to‘g‘risida qo‘shma deklaratsiyani imzolagani haqida xabar bergandik.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version