Jamiyat

Mirziyoyev Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumaniga tashrif buyuradi

Published

on


Tumanda davlat rahbari ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhiga davlat mukofotlarini tantanali topshiradi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumaniga tashrif buyuradi.

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning aniqlik kiritishicha, u yerda prezident o‘qituvchi va murabbiylar bilan muloqot qiladi.

“Tadbirda davlatimiz rahbari ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhiga davlat mukofotlarini tantanali topshiradi hamda ta’lim sifatini oshirish, o‘qituvchi va murabbiylarni yanada qo‘llab-quvvatlash masalalarini muhokama qiladi”, – deyilgan xabarda.

Shuningdek, tashrif doirasida tumanda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishish ham rejalashtirilgan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version