Jamiyat
Mirobodda maktablar oldi va mahalla kirish-chiqishlariga kameralar o‘rnatilmoqda
Jamiyat | 08:45
218
1 daqiqa o‘qiladi
Joriy yil fevral oyida Mirobod tuman hokimligi va tuman IIB hamkorligida mahallalardagi aholi gavjum joylar, ko‘chalar, maktablar oldi, mahallalarning kirish-chiqish nuqtalari hamda savdo obektlari atrofida o‘rnatilayotgan videokuzatuv kameralarining yo‘riqnomalar talablariga muvofiqligi yuzasidan joylarda o‘rganish ishlari olib borildi.
Foto: IIV
IIV «Xavfsiz shahar» markazi mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan monitoring natijasida o‘rnatilayotgan intellektual videokuzatuv kameralarining texnik parametrlari belgilangan talab va standartlarga to‘liq mos ekanligi ta’kidlandi.
Qayd etilishicha, Mirobod tumanida amalga oshirilayotgan ishlar respublika bo‘ylab intellektual videokuzatuv tizimlarini joriy etishda namuna sifatida xizmat qiladi.
Yo‘riqnomalar asosida o‘rnatiladigan zamonaviy kameralar kelgusida jinoyatlarning oldini olish, huquqbuzarliklarni tezkor aniqlash va “issiq izidan” fosh etish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.