Jamiyat

Mirobod tumanida sodir bo‘lgan YTH oqibatida piyoda halok bo‘ldi

Published

on


9 dekabr kuni kechqurun Toshkent shahar Mirobod tumani Islom Karimov ko‘chasida avtobus va yengil avtomashina ishtirokida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi natijasida piyoda voqea joyida vafot etdi.

Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, joriy yil 9 dekabr kuni soat taxminan 22:30 larda Yutong rusumli elektrobus haydovchisi Islom Karimov ko‘chasida harakatlanib kelar ekan, tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.

Zarba oqibatida piyoda qarama-qarshi yo‘nalish tomonga yiqilib, shu yo‘nalishda harakatlanib kelayotgan Haval rusumli yengil avtomashinasi ham uni urib yuborgan.

Yo‘l-transport hodisasi natijasida piyoda olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida halok bo‘ldi. Huquqni muhofaza qilish organlari marhumning yaqinlariga hamdardlik bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Toshkent shahar IIBB barcha yo‘l harakati ishtirokchilaridan yo‘l qoidalariga qat’iy rioya qilishni, ayniqsa, piyodalar o‘tish joylari va aholi zich hududlarda yanada ehtiyotkor bo‘lishni so‘ragan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version