Jamiyat

Mirobod tumanida 5 ta avtomashina o‘zaro to‘qnashdi

Published

on


Jamiyat | 10:50

1320

1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahar Mirobod tumanida 2026 yil 19 fevral kuni Cobalt, ikkita Lacetti, Spark va Nexia-2 avtomashinalari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar qayd etilmadi.

Foto: Videodan kadr

Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, voqea soat 10:40 larda Mirobod tumanidagi Farg‘ona yo‘li ko‘chasida yuz bergan. Unda Cobalt, 2 ta Lacetti, Spark va Nexia-2 avtomashinalari o‘zaro to‘qnashgan.

Qayd etilishicha, YTH natijasida jabrlanganlar yo‘q. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version