Jamiyat

Migratsiya agentligi Moskvadagi muhtoj migrantlarni vaqtinchalik yashash joyi bilan ta’minlaydi

Published

on


Agentlikning Rossiyadagi vakolatxonasi Moskva va Moskva viloyatidagi 15 taga yaqin xostel va sutkalik mehmonxonalar bilan shartnoma imzoladi.

Rossiyada ishlash davrida murakkab moliyaviy ahvolda, turar joysiz qolgan, tazyiqqa uchragan, majburiy mehnat yoki zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan o‘zbekistonliklarga moddiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatiladi. Bu haqda O‘zbekiston Migratsiya agentligi xabar berdi.

Qayd qilinishicha, Migratsiya agentligining Rossiyadagi vakolatxonasi Moskva va Moskva viloyatidagi 15 taga yaqin xostel va sutkalik mehmonxonalar bilan shartnoma imzolagan.

Ta’kidlanishicha, murakkkab moliyaviy ahvolda turar joysiz qolgan migrantlar 30 kungacha bepul yotoqxona bilan ta’minlanadi.

Migratsiya agentligi yordam yuzasidan Moskva shahri, 1-Kazachiy tor ko‘chasi, 11/2 uyda («Polyanka» metrosi) joylashgan vakolatxonaga murojaat qilishni (+79250454744) taklif etgan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version