Jamiyat

Migratsiya agentligi internetga sizdirilayotgan ma’lumotlar yuzasidan munosabat bildirdi

Published

on


Migratsiya agentligi ayrim Telegram kanallari va internet resurslarida agentlik rahbariyati hamda xodimlariga nisbatan tarqatilayotgan ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi va tekshirilmaganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, mazkur holatlar bo‘yicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tekshiruv va tergov harakatlari olib borilmoqda. Yakunlariga ko‘ra barcha holatlarga huquqiy baho beriladi.

Agentlik davlat organlari faoliyatiga oid ma’lumotlar faqat rasmiy manbalar va ishonchli dalillarga asoslanib baholanishi lozimligini ta’kidladi.

Shuningdek, shaxsiy ma’lumotlarni tarqatish, sha’n va qadr-qimmatga putur yetkazuvchi axborotlarni e’lon qilish hamda jamoatchilikni chalg‘itishga qaratilgan harakatlarga nisbatan qonunchilik doirasida chora ko‘rilishi bildirildi.

Migratsiya agentligi jamoatchilik va OAV vakillarini faqat rasmiy axborot manbalariga tayanishga chaqirdi.

Eslatib o‘tamiz, Agentlikning mazkur munosabati idoraning sobiq mulozimi, ayni paytda xalqaro qidiruvda bo‘lgan Azizbek Toshtemirov tomonidan tarqatilayotgan ma’lumotlar fonida e’lon qilindi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version